Текст песни Oq Bulut

Jonim, nadur oq bulut ayta qolay, quloq tut,
U bir toshqin daryodir ro'yo emas, ziyodir,
Bag'ri to'la oq bulut nedir mo`jiza, jonim,
Yerning tog'i, o'rmoni bizniki butun olam,
Aslida, xayol qilsam shudir mo`jiza, jonim,
Sensiz bahormas bahor hatto quyosh dilozor,
Hajringda ko'ksim aro tunlarim bedor,
Sen bo'lsang-chi yonimda sen bo'lsang-chi yonimda,
Sen bo'lsang-chi yonimda sen bo'lsang-chi yonimda,
Mendan baxtli odam yo'q butun olamda,
Jonginam, nadur osmon ko'zlaringdir mehribon,
Boqishi jonga ofat undan yo'qdir halovat,
Ana shu asli osmon nadur, jonim, sukunat,
Bu ajib nozli xilqat vasli yor sayr etarlar,
Sevishganlar sayr etar shudir, jonim, sukunat,
Sensiz bahormas bahor hatto quyosh dilozor,
Hajringda ko'ksim aro tunlarim bedor,
Sen bo'lsang-chi yonimda sen bo'lsang-chi yonimda,
Sen bo'lsang-chi yonimda sen bo'lsang-chi yonimda,
Mendan baxtli odam yo'q butun olamda,
Sen va men, bu ne ma`no bahordagi gul ra`no,
Hatto yashnab qish chog'i yorga ochar quchog'in,
Ana shu senu men !

Комментарии

Минимальная длина комментария - 50 знаков. комментарии модерируются
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Комментариев еще нет. Вы можете стать первым!
Muz.Zone » Русские песни 2024 » Кумуш Раззокова - Oq Bulut